Ру

Автор документа

Автор

Аббасова Мадина

Юрист HayotDocs
Проверено

Данный шаблон разработан и проверен Мадиной. Документ полностью соответствует законодательству Республики Узбекистан и подготовлен с учётом реальной юридической практики.

@madinayurist

Что получает пользователь:

  • документ, проверенный практикующим юристом;
  • учёт типичных рисков и нюансов;
  • понятную структуру документа, чтобы можно было заполнить без ошибок;
  • уверенность, что шаблон подходит под реальные кейсы.

Выберите нужную категорию и скачайте шаблон в формате .doc или .pdf, чтобы заполнить под свою ситуацию.

Garov shartnomasi (avtotransport)

28.12.2025г.
Узбекский (O’z)
Автомобиль и транспорт
Дать / Взять в долг
Договор

G A R O V S H A R T N O M A S I.

Biz, quyida imzo chekuvchilar: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan 0000 yili 1-1 bilan ro‘yxatga olingan bilan ro‘yxatga olingan, 01.01.2018 yili 1-2 bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan Ustavga va 21.10.2017 yili «Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun» berilgan 1-sonli litsenziyaga asosan faoliyat olib boruvchi, Toshkent shahar, 1-uyda joylashgan «XXXXXX» MChJ, INN 000000000, direktori tomonidan 01.01.2025 yili berilgan 11 sonli ishonchnomaga asosan faoliyat olib boruvchi, Toshkent shahar, 1-uyda joylashgan «XXXXXX» direktori XXXX tomonidan 31.12.2025 yili berilgan 1 sonli ishonchnomaga asosan «XXXXXX» nomidan harakat qiluvchi, mutaxassis, Toshkent shahar, 1-uy, 11,12-kvartirada doimiy ro‘yxatda turuvchi, 0000 yil tug‘ilganMMMM, bundan buyon matnda GAROVGA OLUVCHI” deb yuritiladi birinchi tomondan,

Toshkent shahar, 3-kvartirada doimiy propiskada turuvchi, 0000 yilda tug‘ilgan DDDDDD, bundan buyon matnda «QARZDOR va GAROVGA QO‘YUVCHI” deb yuritiladi ikkinchi tomondan ushbu Shartnomani kuyidagilar to‘g‘risida tuzdik:

1. «GAROVGA OLUVCHI» 29.12.2025 yilda tuzilgan № 1 sonli “Kredit (QARZ) shartnomasi”ga asosan «Qarzdor va garovga qo‘yuvchi»ga “Bir dona NEXIA 3 rusumli avtotransport vositasi sotib olish maqsadida” 36 (o‘ttiz olti) oy muddatga 64 850 981,25 (oltmish to‘rt million sakkiz yuz ellik ming to‘qqiz yuz sakson bir so‘m yigirma besh tiyin) so‘m miqdorida 20 (yigirma) foiz yillik ustama foiz bilan (yoki foizsiz) kredit beradi.

2.“Qarzdor va garovga qo‘yuvchi” O‘ZI tomonidan kredit (qarz) shartnomasi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlanishini kafolatlash maqsadida «Garovga oluvchi»ga o‘ziga Toshkent shahar Yunusobod RB tomonidan 11.05.2019 yili berilgan AAF 0000000 raqamli transport vositasini qayd etish guvohnomasiga asosan tegishli bo‘lgan, NEXIA 3 rusumli, 2019 yili ishlab chiqarilgan, T/V turi YENGIL SEDAN, dvigatel № B15D2111, kuzov № XWBTA69V1KA, shassi № RAQAMSIZ, rangi KULRANG MOKRIY ASFALT, davlat raqam belgisi 01B000FB bo‘lgan avtomototransport vositasini (bundan keyin matnda “Garov narsasi” deyiladi), garovga qo‘yadi.

3. Yuqorida ko‘rsatilgan garov narsasi «Qarzdor va garovga qo‘yuvchi» ixtiyorida qoldiriladi va taraflarning 11.05.2019 yilgi birgalikda tuzgan baholash dalolatnomasiga asosan 81 063 726,57 (sakson bir million oltmish uch ming yetti yuz yigirma olti so‘m ellik yetti tiyin) so‘mga baholangan. Bu baholash dalolatnomasi shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

4. Garov narsasi kredit shartnomasi bo’yicha majburiyatlarini bajarilishini ta’minlaydi. Agar shartnoma yoki qonunlarda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa «Garovga oluvchi» asosiy majburiyat bo’yicha talab muddati boshlangan paytdan undiruvni garovga qo’yilgan narsalarga qaratish huquqiga ega.

5. «Qarzdor» garov bilan ta’minlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, o’z majburiyatlarini to’liq bajarmagunga qadar «Garovga oluvchi» garovga qo’yilgan mulklarning hammasiga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi. «Qarzdor» garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda «Garovga oluvchi»ning talabi garovga qo’yilgan mulk qiymatidan qondiriladi. Qonunda nazarda tutilgan xollarda undiruvni garovga qo’yilgan mulkka qaratadi.

6.« GAROVGA OLUVCHI»ning huquq va majburiyatlari:

6.1. garov narsasini saqlash sharoitlarini hujjatlar asosida va amalda tekshirish.

6.2. garov narsasini saqlash sharoitlarini hujjatlar asosida va amalda talab qilish;

6.3. «Qarzdor»ning xo’jalik moliyaviy ahvoli yomonlashgan xollarda «Garovga oluvchi»ning nazoratidan bo’yin tovlaganda, hisobot ma’lumotlarining haqiqatga to’g’ri kelmasligi faktlari aniqlanganda beriladigan kreditlarni to’xtatish va muqaddam berilgan kreditlarni «Qarzdor»ning shaxsiy hisob mablag’laridan muddatidan oldin undirishga haqlidir. Garov bilan ta’minlangan majburiyat «Qarzdor» tomonidan to’liq bajarilganida “Garovga oluvchi» «Garovga qo’yuvchi»larning talablariga binoan garov shartnomasini ro‘yxatdan o’tkazgan idoraning ro‘yxat kitobiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etishi shart. «Garovga oluvchi» mazkur talabni bajarmagan xollarda «Garovga qo’yuvchi»lar undan uzlariga yetkazilgan zararni to’liq hajmda qoplashini talab qilishga haqlidirlar.

7. «Qarzdor va garovga qo’yuvchi»ning huquq va majburiyatlari:

7.1. garov narsasini saqlanishi uchun yongin xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya qilingan xolda zarur choralarni ko’rish, mulkning qiymatini pasayishiga shikastlanishiga yoki nobud bo’lishiga yul kuymaslik, garov narsasini uz hisobidan kapital va boshqa ta’mirlash ishlarini olib borish;

7.2.«Garovga oluvchi»ning yozma ruxsati bo‘lganda garov narsasini takroriy garovga kuyish;

7.3. garov bilan ta’minlangan qarzning tegishli qismini bir vaqtda tulash sharti bilan «Garovga oluvchi»ning roziligi bilan garov narsasini sotish yoki «Garovga oluvchi»ning yozma roziligi bilan buzilgan, shikastlangan, nobud bo‘lgan garov narsasini unga teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirish;

7.4.«Qarzdor» tomonidan asosiy majburiyatlari bajarilmagan taqdirda undiruvni garovga qo’yilgan narsalarga qaratishdan saqlanish maqsadida bu majburiyatni bajarish;

7.5.qonunlarda ko’rsatilgan xollarda garov bilan ta’minlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish;

7.6. «GAROVGA OLUVCHI»ning roziligi bilan garovga qo’yilgan mulkni boshqa narsaga almashtirish;

7.7. garovga oluvchining roziligi bilan majburiyat bo’yicha qarzlarni boshqa shaxsga o’tkazishi mumkin.

7.8. garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni bajarish yoki uning muddati utgan qismini bajarish yo’li bilan undiruvga qaratilgan garov narsasi sotilgunga qadar xar qanday vaqtda garov narsasiga undiruv qaratishni to’xtatishlari mumkin.

8. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, garovning mohiyatidan anglashilmasa, garovga qo’yuvchilar faqat GAROVGA OLUVCHI ning roziligi bilan garov narsalarini boshqa shaxsga berishga, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirishga yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqlidirlar.

9. Ushbu shartnoma bo’yicha «Garovga qo‘yuvchilar» tomonidan garovga berilayotgan mulk boshqa majburiyatlar bo’yicha garov narsasi bula olmaydi, qarzdan xoli, shuningdek bu mulklarni tasarruf etishga taqiqlar yuk.

10. Undiruv garovga qo’yilgan narsaga qaratilganda “Garovga oluvchi”ning talabi boshqa kreditorlarga nisbatan imtiyozli suratda qonunlarda belgilab qo’yilgan chegirmalardan keyin qanoatlanadi.

11. Agar garov narsasini sotishdan tushgan pul summasi «garovga oluvchi»ning talabini qondirish uchun yetarli bo’lmasa, u qonunlar yoki shartnomada uzgacha qoidalar yuk bo‘lgan taqdirda, yetishmayotgan summasini «garovga oluvchi» «Qarzdor»ning boshqa mol-mulkidan qonunlarda nazarda tutilgan navbat bilan olish huquqiga ega.

12. Agar garov narsasini sotishdan tushgan pul summasi «garovga oluvchi»ning garov bilan ta’minlangan majburiyat bo’yicha talablari miqdoridan ortiq bo‘lsa, «garovga oluvchi» o’rtadagi farqni «Garovga qo’yuvchi»larga tulashi shart.

13. Garovga qo’yilgan «garov narsasi» ushbu shartnoma tuzilgunga qadar avval garovga qo’yilmagan, hech kimga sotilmagan, nizoda bo’lmagan va taqiq (arest)da bo’lmagan, «Qarzdor va gar

Описание документа "Garov shartnomasi (avtotransport)"

Garov shartnomasi (avtotransport) qarz yoki boshqa majburiyatlarni ta’minlash maqsadida avtotransport vositasini garovga qo‘yish shartlarini belgilaydi. Hujjatda garov predmeti, ta’minlanayotgan majburiyat, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda javobgarlik tartibi ko‘rsatiladi.

Shartnoma kredit, qarz va to‘lov majburiyatlarida qo‘shimcha kafolat yaratadi hamda “garov”, “avtotransport”, “majburiyatni ta’minlash” kabi qidiruv so‘zlari uchun mos.

warning-standard-line