Что получает пользователь:
- документ, проверенный практикующим юристом;
- учёт типичных рисков и нюансов;
- понятную структуру документа, чтобы можно было заполнить без ошибок;
- уверенность, что шаблон подходит под реальные кейсы.
Выберите нужную категорию и скачайте шаблон в формате .doc или .pdf, чтобы заполнить под свою ситуацию.
Noturar joy binosini ijaraga berish shartnomasi
28.12.2025г.NOTURAR JOY BINOSINI IJARAGA BERISH SHARTNOMASI
Biz, quyida imzo chekuvchilar, bir tomondan, keyingi o‘rinlarda «IJARAGA BERUVCHI» deb ataluvchi XXX, va ikkinchi tomondan, Ustav asosida harakat qiluvchi, O‘zbekiston Respublikasi, XXXX manzilida joylashgan, XXX shahar DXM tomonidan 0000-yilda 00000-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (STIR 0000000000), XXX shahar XXXX tomonidan XXXXX yilda berilgan yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma, Ustav va ta’sischining 01.01.2025-yildagi 1-sonli qarori hamda 01.01.2025-yildagi 1-sonli buyrug‘i asosida harakat qiluvchi, jamiyatning yagona ta’sischisi va direktori XXXXX shaxsida, keyingi o‘rinlarda «IJARAGA OLUVCHI» deb ataluvchi “XXXXX” MCHJ, mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
Men, Ijaraga beruvchi, Toshkent shahri, XXXX manzilida joylashgan, umumiy foydali maydoni 225,38 (ikki yuz yigirma besh butun o‘ttiz sakkiz yuzdan) kv.m., yer uchastkasi 300,00 (uch yuz) kv.m. bo‘lgan, foydali maydoni 225,38 (ikki yuz yigirma besh butun o‘ttiz sakkiz yuzdan) kv.m. ni tashkil etuvchi, inventar bahosi 402 234 711 (to‘rt yuz ikki million ikki yuz o‘ttiz to‘rt ming yetti yuz o‘n bir) so‘m bo‘lgan noturar joy binosini (Mehmonxona) “XXXX” MCHJ ga ijaraga beraman.
Ko‘rsatilgan noturar joy binosi Ijaraga beruvchiga XXXX notariusi tomonidan XXXX tumani 2-son DNKda 01.01.2002-yildagi 1-1-son reyestr bilan tasdiqlangan turar joy oldi-sotdi shartnomasi, hamda XXXX tumani hokimining 01.01.2003-yildagi 1-sonli va 01.01.2015-yildagi 1-sonli qarorlari asosida tegishli bo‘lib, ular Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi XXXX filialida 01.01.2002-yildagi № 11 va 01.01.2018-yildagi № 1-1-1-1 bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, kad. № 0000. Ijaraga berilayotgan noturar joy binosi yetti xonadan iborat bo‘lib, umumiy foydali maydoni 225,38 kv.m., ishlab chiqarish maydoni 150,13 kv.m. ni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 577-moddasiga asosan, ko‘rsatilgan noturar joy binosi 01.01.2026-yildan 01.01.2029-yigacha uch yil muddatga, oylik 2 700 000 (ikki million yetti yuz ming) so‘m to‘lov bilan ijaraga beriladi. Shartnomaning umumiy summasi 97 200 000 (to‘qson yetti million ikki yuz ming) so‘m miqdorida belgilanadi.
Ko‘rsatilgan noturar joy binosi Ijaraga oluvchiga mehmonxona sifatida foydalanish uchun beriladi, bunda Ijaraga oluvchi noturar joy binosini ikkilamchi ijaraga berishi mumkin emas.
Ijaraga oluvchi noturar joy binosini toza va soz holatda saqlashga, texnik holati uchun javob berishga majbur.
Ijaraga oluvchining aybi bilan sodir bo‘lgan buzilishlar, nosozliklar, avariyalar holatida, oxirgisi ta’mirlashni amalga oshirishga yoki Ijaraga beruvchiga yetkazilgan zararni qoplashga majbur.
Ijaraga beruvchi va Ijaraga oluvchi Ijaraga beruvchini bir oy oldin ogohlantirgan holda shartnomani istalgan vaqtda bekor qilishga haqlidir.
Kommunal xizmatlar, barcha to‘lovlar va soliqlar bo‘yicha xarajatlarni Ijaraga oluvchi to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 574-moddasiga asosan, mazkur shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim va shu paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 578-moddasiga asosan, bino topshirilishi va qabul qilinishi tomonlar 3 sutka ichida imzolaydigan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
ARIZA
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
Men, XXXX, 0000-yilda tug‘ilgan, ushbu ariza bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 25-moddasiga asosan, qonuniy nikohda turmasligimni va XXX manzilida joylashgan noturar joy binosini ijaraga berishga da’vo qiluvchi erimning yo‘qligini ma’lum qilaman.
Ariza beruvchining imzosi: ____________________
NOTURAR JOY BINOSINI QABUL QILISH-TOPSHIRISH DALOLATNOMASI
Toshkent shahri, 01.01.2026-yil
Biz, quyida imzo chekuvchilar, keyingi o‘rinlarda «IJARAGA BERUVCHI» deb ataluvchi XXX va keyingi o‘rinlarda «IJARAGA OLUVCHI» deb ataluvchi XXX, quyidagilar to‘g‘risida mazkur dalolatnomani tuzdik:
Men, «Ijaraga beruvchi», o‘zimga tegishli bo‘lgan, XXXX manzilida joylashgan noturar joy binosini haq evaziga vaqtincha egalik qilish va foydalanishga ijaraga oluvchiga topshirdim.
Ijaraga berilayotgan noturar joy binosi umumiy maydoni 60,88 kv.m. bo‘lib (shartnomadagi 225,38 bilan solishtiring), to‘rt xonadan iborat, 336,00 kv.m. maydonli yer uchastkasida joylashgan.
Ijaraga beruvchi ushbu noturar joy binosini 1 (bir) yil muddatga, ya’ni 01.01.2026-yildan 01.01.2027-yigacha topshiradi.
Ijaraga berilgan joydan foydalanish uchun ijara to‘lovi har oyda 300 000 (uch yuz ming) so‘mni tashkil etadi, ijaraning umumiy summasi 3 300 000 (uch million uch yuz ming) so‘m bo‘lib, bu pullarni «Ijaraga oluvchi» har oyning 2-kunigacha «Ijaraga beruvchi»ga topshirishi shart.
Binoni topshirdi: _______________________________________________
Binoni qabul qilib oldi: ____________________
Описание документа "Noturar joy binosini ijaraga berish shartnomasi"
Noturar joy binosini ijaraga berish shartnomasi binoni tijorat yoki boshqa maqsadlarda vaqtincha foydalanishga topshirish shartlarini belgilaydi. Hujjatda ijara obyekti, ijara haqi, muddat, foydalanish tartibi va tomonlarning javobgarligi ko‘rsatiladi.
U ofis, ombor, savdo maydoni kabi obyektlarni ijaraga berishda qo‘llaniladi va “noturar joy”, “ijara”, “ijara haqi”, “bino” kabi so‘zlar bilan qidiruvga mos keladi.