Уз

Ҳужжат муаллифи

Автор

Мадина Аббасова

Hayot docs Адвокати
Тасдиқланган

Ушбу шаблон Мадина томонидан ишлаб чиқилган ва синовдан ўтган. Ҳужжат Ўзбекистон Республикаси қонунчилигига тўлиқ мос келади ва амалдаги ҳуқуқий амалиётни ҳисобга олган ҳолда тайёрланган.

@madinayurist

Юридик ҳужжатлар кутубхонаси

  • амалиётчи адвокат томонидан кўриб чиқилган ҳужжат
  • одатдаги хавф ва нуансларни кўриб чиқиш;
  • хатосиз тўлдирилиши учун аниқ ҳужжат тузилиши;
  • шаблоннинг ҳақиқий ҳолатларга мос келишига ишонч.

Керакли тоифани танланг ва шablонни .doc ёки .pdf кўринишида юклаб олинг — ўзингизнинг вазиятингизга мослаб тўлдиринг.

Avtotransport vositasini sotish uchun ishonchnoma

28.12.2025 й.
Ўзбек (O’z)
Автомобиль и транспорт
Другое
Другое

I S H O N C H N O M A

Men, F.I.SH. 0000 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, O‘qituvchi ko‘chasi, 1-uy, 1-xonadonda doimiy ro‘yxatda turuvchi (pasporti 0000 yilda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan berilgan, JShShIR xx), ushbu ishonchnoma bilan xotinim F.I.SH. ni (00000 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, O‘qituvchi ko‘chasi, 1-uy, 1-xonadonda doimiy ro‘yxatda turuvchi, pasporti AA 0000000, 00000 yilda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan berilgan, JShShIR 00000000000000) quyidagilarga vakil qilaman:

Menga tegishli bo‘lgan, Toshkent shahar IIBB YHXB (MREO) tomonidan 0000 yilda berilgan AAC seriyali 0000000-raqamli avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma asosida o‘zimga tegishli bo‘lgan OPEL markali, 1986-yilda ishlab chiqarilgan, transport turi: ENGIL, dvigatel № 000000, kuzov № WOL000049G0000000, shassi № RAQAMSIZ, rangi OK (OQ), davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgisi 01 A 777 AA bo‘lgan avtomototransport vositasini sotish, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ruxsat berilgan avtomototransport vositasini boshqarish va tasarruf etish bo‘ycha barcha bitimlarni tuzish: sotish, ijaraga berish, garovga qo‘yish, tuzilgan bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va imzolash, avtomototransport vositasidagi yuqorida ko‘rsatilgan ulush uchun pul mablag‘larini olish, texnik holatini kuzatib borish, zarurat tug‘ilganda shartnomalarni tuzish va bekor qilish, tegishli organlarda, notarial idoralarda, muassasalarda, korxona va tashkilotlarda mening vakilim bo‘lish, mening nomimdan arizalar berish va o‘z xohishiga ko‘ra barcha harakatlarni amalga oshirish, shuningdek, barcha vakolatli organlarda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va Toshkent shahar YHXB (MREO) organlarida mening vakilim bo‘lish hamda ushbu topshiriq bilan bog‘liq barcha harakatlar va rasmiyatchiliklarni bajarish vakolatini beraman.

Ishonchnoma sotish huquqi bilan va boshqa shaxsga ishonib topshirish (peredoverie) huquqisiz 3 (uch) yil muddatga berildi.

Ishonchnoma matni notarius tomonidan ovoz chiqarib o‘qib berildi, ishonchnomaning mazmuni va ahamiyati mening xohish-istaklarimga mos keladi. Tomonlarning iltimosiga ko‘ra ishonchnoma matni o`zbek tilida tuzildi.

Ishonchnomaning mazmun-mohiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari mazmuni notarius tomonidan menga tushuntirildi. Ishonchnoma notarius ishtirokida men tomonidan o‘qib chiqildi, uning mazmuni mening talablarimga va xohish-irodamga mos keladi.

Imzo: __________________________________________________________________

"Avtotransport vositasini sotish uchun ishonchnoma" ҳужжати ҳақида маълумот

Avtotransport vositasini sotish uchun ishonchnoma mulkdor tomonidan vakilga avtomobilni sotish, bitim tuzish, hujjatlarni rasmiylashtirish va zarur imzolarni qo‘yish vakolatini berish uchun rasmiylashtiriladi. Hujjatda transport vositasi haqidagi ma’lumotlar, vakolatlar doirasi va amal qilish muddati belgilanadi.

Ishonchnoma mulkdor shaxsan qatnasha olmagan holatlarda sotuv jarayonini qonuniy amalga oshirishga yordam beradi va “auto sotish”, “oldi-sotdi”, “vakolatli vakil” kabi kalit so‘zlar bilan qidiruvga mos keladi.

warning-standard-line