O'z

Hujjat muallifi

Автор

Abbasova Madina

HayotDocs Advokati
Tasdiqlangan

Ushbu shablon Madina tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Hujjat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga to'liq mos keladi va haqiqiy yuridik amaliyotni hisobga olgan holda tayyorlanadi.

@madinayurist

Yuridik hujjatlar kutubxonasi

  • amaliyotchi advokat tomonidan ko'rib chiqilgan hujjat
  • odatdagi xavf va nuanslarni ko'rib chiqish;
  • xatosiz to'ldirilishi uchun aniq hujjat tuzilishi;
  • shablonning haqiqiy holatlarga mos kelishiga ishonch.

Kerakli toifani tanlang va .doc yoki .pdf shaklida shablonni yuklab oling — o‘zingizning vaziyatingizga moslab to‘ldiring.

Kompensatsiya berish va ko‘chmas mulkni buzish tartibi to‘g‘risidagi kelishuv

28.12.2025 y.
O‘zbek (O‘z)
Жильё и недвижимость
Другое
Договор

Kompensatsiya berish va ko‘chmas mulkni buzish tartibi to‘g‘risidagi kelishuv

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani.

Ikki ming o‘n to‘qqizinchi yil, o‘n sakkizinchi mart.

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan 7-son Davlat notarial kontorasi notariusi F.I.SH. tomonidan tasdiqlandi.

Biz, quyida imzo chekuvchilar:

Bir tomondan, “TASHKENT PERFECT” Mas’uliyati Cheklangan Jamiyati (INN: 000000), manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 4G-uy, Ustavining yangi tahriri Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 17.12.2018 yilda 007291-04-son bilan ro‘yxatga olingan, yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma № 007291 13.04.2012 yilda berilgan, “TASHKENT PERFECT” MChJ direktori F.I.SH shaxsida, (17.11.1966 yilda tug‘ilgan, xx.xx.xx seriyali pasport 06.01.2012 yilda Toshkent shahar Uchtepa tumani IIB tomonidan berilgan, INN 00000000000), doimiy ro‘yxatda turgan manzili: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 7-mavze, 45-uy, 40-xonadon, xx.xx.xx yildagi № 03-sonli ta’sischilar qarori va 08.02.2018 yildagi № 5-sonli buyruq asosida faoliyat yurituvchi, bundan buyon matnda “Investor” deb yuritiladi.

Va ikkinchi tomondan, F.I.SH., (xx.xx.xx yilda tug‘ilgan, xx.xxx.xx seriyali pasport 24.06.2013 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan berilgan, INN 445970935), doimiy ro‘yxatda turgan manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Katta-Darxon (Sodiqova) ko‘chasi, 11-uy, 2-xonadon, bundan buyon matnda “Mulkdor” deb yuritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 206, 354-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.11.2019 yildagi № 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini olib qo‘yish va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlarining mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asoslanib, quyidagi shartlar asosida kompensatsiya to‘lash va ko‘chmas mulkni buzish tartibi to‘g‘risida ushbu kelishuvni (bundan buyon matnda – “Kelishuv”) tuzdilar:

1. Kelishuv predmeti

1.1. F.I.SH Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sodiqova ko‘chasi, 11-uy, 2-xonadonda joylashgan turar joy xonadoniga mulkdor hisoblanadi.

1.2. Ko‘rsatilgan 2-xonadon umumiy foydali maydoni 52,24 (ellik ikki butun qirq ikki yuzdan) kv.m., turar joy maydoni 29,70 (yigirma to‘qqiz butun yetmish yuzdan) kv.m. bo‘lgan 2 (ikki) ta xonadan, shuningdek, yo‘lak, oshxona, yuvinish-hojatxona va tamburdan iborat bo‘lib, inventarizatsiya bahosi 76 175 617 (yetmish olti million bir yuz yetmish besh ming olti yuz o‘n yetti) so‘mni tashkil etadi. Bu holat “NOTARIUS” idoralararo elektron tizimi orqali olingan, 13.03.2020 yildagi № 27810401-sonli, № 1763885-sonli ariza bo‘yicha Kad № 10:09:01:01:05:5211:0001:002-sonli ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi.

1.3. Ko‘rsatilgan 2-xonadon **“Sotuvchi”**ga Yakkasaroy tumani 1-son DNK notariusi E.R. Zabirova tomonidan 17.01.2002 yilda 32-62-son reestr bilan tasdiqlangan, Toshkent shahar “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” Davlat korxonasining Mirzo Ulug‘bek tumani filialida 18.01.2002 yildagi № 99-10134-sonli reestr kitobida ro‘yxatga olingan Xonadonni hadya qilish shartnomasi asosida tegishli.

1.4. Fuqarolarning uy-joy-maishiy sharoitlarini va Toshkent shahrining tashqi arxitektura qiyofasini yaxshilash maqsadida, Investor Mulkdorga Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sodiqova (Katta Darxon) ko‘chasi, 11-uy manzilida joylashgan eskirgan ikki qavatli turar joy binosi (bundan buyon matnda “eski uy”) o‘rniga birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari joylashgan yangi zamonaviy ko‘p qavatli ko‘p kvartirali turar joy binosini (bundan buyon matnda “yangi uy”) qurishni taklif qildi. Ushbu kelishuvni ta’minlash maqsadida Investor Mulkdorga garov mol-mulkini taqdim etish majburiyatini oladi.

1.5. Mulkdor eski uy joylashgan yer uchastkasi olib qo‘yilishiga, mazkur yer uchastkasi Investorga yangi uy qurish uchun berilishiga va eski uy buzilishiga rozilik beradi.

2. Kompensatsiya berish tartibi

2.1. Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan Investor Mulkdorga quyidagi turdagi kompensatsiyalarni berish majburiyatini oladi:

2.1.1. Investor olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida qurishni rejalashtirgan yangi uyning 4-qavatidagi, Investorning dastlabki loyihasida 2A va 2V nomi bilan belgilangan, umumiy maydoni 132 (bir yuz o‘ttiz ikki) kv.m. bo‘lgan ikki xonali xonadonlarni Mulkdorga mulk qilib berish majburiyatini oladi. Investor qurilish tugaganidan va yangi uy foydalanishga topshirilganidan so‘ng, ko‘rsatilgan xonadonga bo‘lgan mulk huquqini notarial idorada Mulkdor nomiga rasmiylashtirish majburiyatini oladi. Xonadon Investor loyihasiga muvofiq rejalashtirish bilan, ta’mirlangan holda (shift – gipsokarton, plastik; pol – laminat, devorlar – gulqog‘oz) Investor tanloviga ko‘ra O‘zbekiston, Xitoy, Rossiyada ishlab chiqarilgan pardozlash materiallaridan foydalangan holda beriladi.

Yangi uyning taxminiy qurilish muddati – Investor uchun yangi uy qurish uchun yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab va Investor qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organlaridan eski uyni buzishga ruxsat olgandan keyin 1,5 yil.

2.1.2. Vaqtinchalik turar joyni ijaraga olish xarajatlarini kompensatsiya qilish maqsadida, Investor yangi uy qurilishi davrida va u foydalanishga topshirilgunga qadar Ijaraga beruvchiga har oyda 3 000 000 (uch million) so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini to‘lash majburiyatini oladi. Investor vaqtinchalik turar joyni ijaraga olish xarajatlarini Mulkdor eski uyni buzish to‘g‘risida ariza bergan kundan boshlab yangi uy foydalanishga topshirilgunga qadar Mulkdorga kompensatsiya qiladi.

2.2. Mulkdor ushbu kelishuvni imzolashdan oldin Investorga yer uchastkasi berilganidan so‘ng amalga oshiriladigan yangi uyning dastlabki loyihasi, kompensatsiya sifatida Mulkdorga beriladigan yangi uydagi xonadonning rejalashtirilishi bilan tanishganini tasdiqlaydi.

2.3. Mulkdor ushbu kelishuv orqali unga berilayotgan kompensatsiya buzilayotgan eski uydagi unga tegishli bo‘lgan xonadon qiymatidan yuqori ekanligini tasdiqlaydi. Shu munosabat bilan, Mulkdor kompensatsiya miqdori bo‘yicha Investorga nisbatan hech qanday e’tiroz va shikoyatlari yo‘qligini va kelajakda ham bo‘lmasligini kafolatlaydi.

2.4. Investordan kompensatsiya olish huquqi faqat Mulkdorga tegishli. Mulkdorning xonadonida yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarning e’tirozlarini Mulkdor buzish to‘g‘risida ariza berishdan oldin Investorning ishtirokisiz mustaqil hal qiladi.

3. Ko‘chmas mulkni buzish tartibi

3.1. Ushbu shartnoma doirasida buzilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulk sifatida Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Katta Darxon (Sodiqova) ko‘chasi, 11-uy manzilida joylashgan eskirgan ikki qavatli ko‘p kvartirali turar joy binosi (bundan buyon matnda – “eski uy”) tushuniladi.

3.2. Mulkdor ushbu kelishuv imzolangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kuni ichida buzilishi lozim bo‘lgan eski uydagi turar joy xonadonini bo‘shatish, barcha shaxsiy buyumlarini olib chiqish va Investor manziliga buzish to‘g‘risida ariza berish majburi

"Kompensatsiya berish va ko‘chmas mulkni buzish tartibi to‘g‘risidagi kelishuv" hujjati haqida ma’lumot

Ushbu kelishuv ko‘chmas mulkni buzish (demontaj) jarayoni va buning evaziga kompensatsiya to‘lash shartlarini yozma ravishda belgilash uchun tuziladi. Hujjatda kompensatsiya miqdori, to‘lov tartibi, buzish muddati, tomonlarning majburiyatlari va kelishmovchiliklarni hal etish qoidalari ko‘rsatiladi.

Kelishuv amaliyotda “kompensatsiya”, “ko‘chmas mulk”, “buzish tartibi”, “kelishuv” kabi vaziyatlarda nizolarni kamaytirishga xizmat qiladi va kelishilgan shartlarni huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.

warning-standard-line