O'z

Hujjat muallifi

Автор

Abbasova Madina

HayotDocs Advokati
Tasdiqlangan

Ushbu shablon Madina tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Hujjat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga to'liq mos keladi va haqiqiy yuridik amaliyotni hisobga olgan holda tayyorlanadi.

@madinayurist

Yuridik hujjatlar kutubxonasi

  • amaliyotchi advokat tomonidan ko'rib chiqilgan hujjat
  • odatdagi xavf va nuanslarni ko'rib chiqish;
  • xatosiz to'ldirilishi uchun aniq hujjat tuzilishi;
  • shablonning haqiqiy holatlarga mos kelishiga ishonch.

Kerakli toifani tanlang va .doc yoki .pdf shaklida shablonni yuklab oling — o‘zingizning vaziyatingizga moslab to‘ldiring.

Avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi

28.12.2025 y.
O‘zbek (O‘z)
Автомобиль и транспорт
Купить / Продать
Договор

AVTOMOTOTRANSPORT VOSITASINING OLDI-SOTDI SHARTNOMASI

Bir tomondan, Ustavi asosida faoliyat yurituvchi, Toshkent shahri, 1-uy manzilida joylashgan, XXX tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 0000 yilda 000000-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, (STIR 000000000), 000 yildagi o‘zgartirish va qo‘shimchalari bilan, “XXXX” Mas’uliyati Chegalangan Jamiyati shaklidagi Xorijiy Korxona nomidan, Ustav, yagona ta’sischining 10.10.2025 yildagi 01-sonli qarori va 10.10.2025 yildagi 3-sonli buyrug‘i asosida harakat qiluvchi, Toshkent shahri, 1-tor ko‘cha, 1-uy manzilida doimiy ro‘yxatda turuvchi (pasport AA 00000, 00.00.2012 yilda Toshkent shahri XXXX tumani IIB tomonidan berilgan), 1987 yil 27 iyulda tug‘ilgan “XXXX” MCHJ XK Bosh direktori XXXX shaxsida, keyingi o‘rinlarda “Sotuvchi” deb ataluvchi,

ikkinchi tomondan, Ustavi asosida faoliyat yurituvchi, Surxondaryo viloyati, 1-uy manzilida joylashgan, Jarqo‘rg‘on tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 12.12.2024 yilda 1-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (STIR 000000000), “XXX” Mas’uliyati Chegalangan Jamiyati shaklidagi Xorijiy Korxona nomidan, bosh direktor XXXXXXXXX tomonidan berilgan 30.10.2025 yildagi 01-sonli ishonchnoma asosida harakat qiluvchi, Toshkent shahri, 1-uy, 1-xonadon manzilida doimiy ro‘yxatda turuvchi (pasport AS 0000, 000 yilda XX tumani IIB tomonidan berilgan), 0000 yilda tug‘ilgan “XXX” MCHJ XK yetakchi yuriskoisulti XXX shaxsida, keyingi o‘rinlarda “Xaridor” deb ataluvchi,

quyidagilar to‘g‘risida mazkur shartnomani tuzdilar:

  1. Men, XXXX “XXXX” MCHJ XK nomidan KAMAZ 4311850 rusumli, 2018 yilda ishlab chiqarilgan, transport turi YUK MAXSUS, davlat raqami 01M008142, kuzov № 431140J2497132 HAS SEM SKV, dvigatel № J2885151, shassi № XTC431185J1383724, rangi OQ BELIY, 300 ot kuchiga ega bo‘lgan maxsus texnikani sotdim. Men, Azimov Oqiljon Nekovich yuqorida ko‘rsatilgan maxsus texnika vositasini “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MCHJ XK balansiga sotib oldim.

  2. Sotilayotgan maxsus texnika “PM DEVELOPMENT” MCHJ XK ga Toshkent shahar IIBB YHXB RO‘IO tomonidan 10.12.2018 yilda berilgan AAF seriyali № 0379780 texnik pasporti asosida tegishlidir.

  3. Sotilayotgan maxsus texnika tomonlar tomonidan 01.10.2020 yildagi baholash dalolatnomasiga muvofiq 486 587 574 (to‘rt yuz sakson olti million besh yuz sakson yetti ming besh yuz yetmish to‘rt) so‘mga baholandi.

  4. Mazkur shartnoma tuzilgunga qadar yuqorida ko‘rsatilgan maxsus texnika “Notarius” AAT orqali olingan 04.11.2020 yildagi 35561694-sonli avtotransport vositasiga taqiq (xatlov) mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ko‘ra taqiq (xatlov) ostida turmaydi. “Sotuvchi” avtotransport vositasining mulkiy nizoda emasligini va boshqa bitimlarning predmeti bo‘lmaganligini kafolatlaydi, yuridik oqibatlar yuzaga kelgan taqdirda, men – “Sotuvchi” moddiy javobgarlikni o‘z zimmamga olishga va barcha xarajatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashga majburman.

  5. Sotilayotgan avtomototransport vositasi agregatlarining muvofiqligi Toshkent shahar IIBB YHXB RO‘IO-M tomonidan 03.11.2020 yildan 13.11.2020 yilgacha tekshirildi.

  6. 01.10.2020 yildagi baholash dalolatnomasi asosida yuqorida ko‘rsatilgan avtotransport vositasi tomonlar tomonidan 486 587 574 (to‘rt yuz sakson olti million besh yuz sakson yetti ming besh yuz yetmish to‘rt) so‘mga baholandi va sotildi. Tomonlar 486 587 574 (to‘rt yuz sakson olti million besh yuz sakson yetti ming besh yuz yetmish to‘rt) so‘m miqdoridagi to‘lovni “Xaridor” tomonidan 30.11.2020 yilgacha to‘lanishi haqida kelishib oldilar.

  7. O‘zbekiston Respublikasi notariuslari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 55-bandiga asosan, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan maxsus texnikaga mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgunga qadar taqiq qo‘yiladi. “Xaridor” “Sotuvchi”ning yozma roziligisiz avtotransport vositasini begonalashtirish huquqiga ega emas. Xarid qilinayotgan avtotransport vositasi uchun “Xaridor” tomonidan to‘liq to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, “Sotuvchi” xaridorga YHXB organlariga taqdim etish uchun notarial tartibda rasmiylashtirilgan arizani berishga majburdir.

  8. Mazkur shartnoma ijro etilgunga qadar Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan maxsus texnikaga taqiq qo‘yiladi.

  9. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida sotilayotgan avtomototransport vositasi 01.10.2020 yilda normal holatda xaridorga topshirildi va shu paytdan boshlab ushbu avtotransport vositasi “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MCHJ XK mulki hisoblanadi.

  10. “PM DEVELOPMENT” Mas’uliyati Chegalangan Jamiyati shaklidagi Xorijiy Korxona, Qonunning 26-moddasiga muvofiq, avtomototransport vositasini sotish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan so‘ng, jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud emasligini, shuningdek avtomototransport vositasining sotilishi natijasida jamiyatda ular paydo bo‘lmasligini, jamiyatning sof aktivlari Ustav fondi va zaxira kapitalidan kam emasligini va sotish natijasida kamaymasligini tasdiqlaydi.

  11. Mazkur shartnomani rasmiylashtirish xarajatlarini “XARIDOR” to‘laydi.

  12. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Bitimlarning haqiqiy emasligi to‘g‘risida”gi 113–124-moddalarining mazmuni notarius tomonidan tushuntirildi. Mazkur shartnoma yuqorida ko‘rsatilgan moddalarning talablariga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas, chunki ushbu shartnomani tuzish chog‘ida tomonlar to‘liq muomala layoqatli bo‘lgan, o‘z harakatlarining mohiyati, ma’nosi va ahamiyatini tushungan. Shundan kelib chiqib, tomonlar mazkur shartnomani tuzish chog‘ida adashish, aldash, zo‘rlik, tahdid, bir tomon vakilining boshqa tomon bilan yovuz niyatli kelishuvi va og‘ir holatlarning majmui faktlari mavjud emasligini rasman ma’lum qiladilar.

  13. Mazkur shartnoma shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun ichida tegishli YHXB organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart, bu talabni bajarmaslik amaldagi qonunchilik asosida javobgarlikka tortishga olib keladi.

  14. Mazkur shartnoma teng yuridik kuchga ega bo‘lgan 4 (to‘rt) nusxada tuzildi va tomonlar tomonidan imzolandi; ulardan: birinchi nusxa Ash № 1278276 TN gerbli blankida, qolgan nusxalar oq qog‘ozda tuzildi. Birinchi va ikkinchi nusxalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tegishli YHXB organida o‘n kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “XARIDOR”ga beriladi. Ko‘rsatilgan talablarni bajarmaslik amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka olib keladi. Bir nusxa “SOTUVCHI”ga beriladi, bir nusxa Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius, Toshkent shahrining ishlarida saqlanadi.

TOMONLARNING IMZOLARI:

1.

2.

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani

Ikki ming yigirmanchi yil, to‘rtinchi noyabr.

Mazkur shartnoma men, F.I.O., Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius tomonidan, amaldagi qonunchilikka va tomonlarning irodasiga muvofiq tasdiqlandi.

Shartnoma tomonlar tomonidan mening ishtirokimda o‘qilgandan so‘ng imzolandi.

Ularning shaxsi aniqlandi, muomala layoqati tekshir

"Avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi" hujjati haqida ma’lumot

Avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi transport vositasini sotuvchidan xaridorga haq evaziga o‘tkazish shartlarini rasmiylashtiradi. Hujjatda avtomobilning asosiy ma’lumotlari, narx, hisob-kitob tartibi, topshirish sanasi va tomonlarning majburiyatlari belgilanadi.

Shartnoma mulk huquqining o‘tishini huquqiy jihatdan mustahkamlashga xizmat qiladi va “avto oldi-sotdi”, “mulk huquqi”, “shartnoma” kabi kalit so‘zlar bilan qidiruvda topilishini yaxshilaydi.

warning-standard-line